
"Navbahor" muxlislari uchun noxush xabar
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
JCh ishtirokchisi Kamerun MTJga qarshi kechgan bahsda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi. Dastlab, Hojimat Erkinov hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Oston O‘runov oradagi farqni ikkitaga etkazdi.
Achinarlisi, mazkur bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi va "Navbahor" klubi etakchi himoyachisi Rustam Ashurmatov jarohat oldi va maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Hozircha, uning holati haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Biroq salbiy taxminlar o‘zini oqlasa, bu Superligada chempionlik uchun kurashayotgan kurashayotgan "lochinlar" uchun juda jiddiy yo‘qotish bo‘lishi aniq.
Fikrlar