"Navbahor" muxlislari uchun yaxshi xabar
"Navbahor" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi jamoa yarim himoyachisi Islombek Isoqjonov bilan shartnoma yangilanganini e’lon qildi:
"Xabaringiz bor, “Navbahor”ning 27 yoshli tajribali yarim himoyachisi Islombek Isoqjonovning jamoamiz bilan tuzgan shartnoma muddati o‘tgan yilda yakuniga etgandi. Isoqjonov kuni kecha “Navbahor” bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi u yangi mavsumda ham “lochinlar” sharafini himoya qiladi", - deyiladi rasmiy sahifa tarqatgan ma’lumotda.
Isoqjonov o‘tgan mavsum Superliganing 17 ta uchrashuvida qatnashib, 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar