
"Navbahor" ogohlikka chaqirdi
Superliga 2-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar bugundan sotuvga chiqdi va sektorlarning joylashishiga qarab, 15, 20 va 30 ming so‘mdan Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh, “Chorsu” hududidagi yakka qabr oldida, “Sardoba” bozori oldidagi “Megapolis” savdo majmuasi oldidagi kassalarda sotilmoqda.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muxlislar chiptalarni faqatgina yuqoridagi manzillardan o‘z narxiga xarid qilib, olib-sotarlardan chipta sotib olmaslikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Lokomotiv” o‘yini 6 mart, juma kuni soat 18:15da start oladi.
Fikrlar
NAVNAXORGA OMAT