"Navbahor" o‘rtoqlik o‘yinida birinchi bo‘lib gol ursa ham yakunda "Qo‘qon-1912"ga yutqazdi

  • 6 iyun, 2020, 20:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Navbahor" klubi Superliganing 4-turidan o‘rin olgan Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinga jiddiy tarzda hozirlik ko‘rish maqsadida nazorat-sinov bahsida maydonga tushdi.

Tecno

Futbolchilarning o‘yin amaliyotlarini oshirish, karantindan keyingi mashg‘ulotlarda o‘rganilgan nazariy bilimlarni amalda sinab ko‘rish maqsadida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuv o‘kazildi. 

“Qo‘qon - 1912” – “Navbahor” o‘yini Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda karantin qoidalariga amal qilingan holda muxlislarsiz tashkil etildi.

Bellashuvda hisobni "lochinlar" ochgan bo‘lsa-da, keyinchalik mezbonlar 2 marta gol urib, g‘alaba qozonishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” – 2:1 (0:1)

Gollar: Shohnazar Norbekov (48), Avaz Mamatxo‘jaev (78) - Abbos G‘ulomov (25).

"Qo‘qon-1912": 21. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 9. Suhrob Berdiev, 10. Quvondiq Ro‘ziev, 15. Oybek Rustamov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 13. Sardor Azimov, 70. Murod Xolmuhammedov, 91. Yakuba Bamba.

Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 12. Muhammadali Sobirov, 4. Sobir Sindarov, 5. Jasur Yoqubov, 8. Suhrob Nurulloev, 11. Otabek Haydarov, 14. Avazxon Mamatxo‘jaev, 19. Xamidillo Abduhamidov, 20. Iqbol Malikjonov, 44. Shodiyor Hojimatov, 22. Muhammadanas Hasanov, 99. Bek Abdullaev, 69. Filip Rayevats.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 8. Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg‘unboev, 11. Islom Isoqjonov, 15. Obid Jo‘raboev, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov, 28. Xurshid Muxtorov, 70. Abbos G‘ulomov.

Zaxira: Tohir Shamshiddinov, Ruslan Volov, Shohruh Mahmudhojiev, Amirbek Jo‘raboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!