"Navbahor" o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi, Ikromov penaltidan gol urolmadi (video)

  • 16.01.2023 10:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirayotgan “Navbahor” yig‘in doirasidagi ilk nazorat-sinov o‘yinida maydonga tushdi.

"Lochinlar"ga Serbiyaning “Radnik” klubi raqiblik qildi. Uchrashuvda “lochinlar” 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Serbiyaliklar 2-bo‘limda yagona golni burchak zarbasi amalga oshirilgach, namanganliklar darvozasiga yo‘lladi. Samvel Babayan shogirdlari tez orada hisobni tenglashtirishlari ham mumkin edi. Ammo, raqib posboni 11 metrlik nuqtadan tepilgan to‘pni qaytarishga erishdi. Penaltidan Farrux Ikromov foydalana olmadi.

Navbahor_Radnik_o‘yini_videoroligi

“Navbahor” matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!