
"Navbahor" O‘zbekiston terma jamoasi etakchisini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda!
O‘zbekiston terma jamoasi va Gretsiyaning "Panserraikos" klubi vingeri Jaloliddin Mashiripov Superligaga qaytishi mumkin. SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning xabar berishicha, Namanganning "Navbahor" jamoasi 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
"Jaloliddin Masharipovning "Navbahor"ga o‘tishi extimoli so‘ngg kunlarda keskin oshdi. Otabek Samatov bu transfer ustida ishlayapti. Osiyo kubogidan so‘ng yangilik bo‘lib qoladi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Masharipov joriy mavsum "Panserraikos" safida 8 o‘yinda qatnashib, 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jaloliddin Masharipov O‘zbekistonga qaytishini inkor qilmadi
Fikrlar