"Navbahor" "Paxtakor" uyida mezbonlik qilgan tur yoxud eng ko‘p muxlis Toshkentda, ishonavering!

  • 4 aprel, 2022, 16:15
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

31 mart - 2 aprel kunlari Superliganing 4-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 29694 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 4242ni tashkil qiladi.

Aytsak, ishonmaysiz eng ko‘p muxlis Toshkentda. “Paxtakor” – “Navbahor” bahsini 12767 odam shohidiga aylandi. Bu o‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori edi. Chunki oxirgi yillarda "sherlar" hamda “lochinlar”ning o‘zaro to‘qnashuvi shiddatli o‘tmoqda. Shu bois Namangandan ko‘plab muxlislar poytaxtga kelib, jamoasini yolg‘izlatib qo‘ymadi.

IMG_1522

Eng kam ishqiboz Samarqandda. "Surxon" klubining stadioni tayyor emasligi uchun termizliklar “Dinamo” stadionida AGMKni qabul qildi. Mirjalol Qosimov jamoasining irodali g‘alabasini 320 ishqiboz shohidi bo‘ldi.

Jizzaxda O‘zbek futbolining 110 yilligi nishonlandi. Shuning uchun "So‘g‘diyona"ning debyutantga qarshi o‘yinini 11651 tomoshabin stadionda kuzatdi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

"Paxtakor" - "Navbahor" 1:0. "Paxtakor" markaziy stadioni, 12767 tomoshabin

"So‘g‘diyona" - "Olimpik" 1:1. "So‘g‘diyona" markaziy stadioni, 11651 tomoshabin

"Bunyodkor" - "Dinamo" 2:1. "Bunyodkor" stadioni, 1910 tomoshabin

"Qo‘qon-1912" - "Metallurg" 1:0. "O‘zbekiston" stadioni. 1240 tomoshabin

"Qizilqum" - "Neftchi" 3:0. OKMK sport majmuasi, 945 tomoshabin

"Lokomotiv" - "Nasaf" 0:1. "Lokomotiv" stadioni, 861 tomoshabin

"Surxon" - AGMK 1:2. "Dinamo" stadioni, 320 tomoshabin

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
04/04/2022 17:11
Ютюбда қайтадан кўринг ўйинни мақола муаллифи, Навбахор мухлислари кўп ташриф буюргани рост, лекин Пахтакор мухлислари улардан кўп эди. Бир тарафлама мақола ёзишни қачон бас қиласизлар? Хохласангиз блок қилинг, лекин ўзингизгаям, ёзган бир тарафлама мақолангизгаям, сайтингизгаям тупурганим бор бугун.
Azam Xadjaev
04/04/2022 19:28
Paxtakor tezroq kellaring Namanganga senlarni O'tkir yusupov kutyapti
Alisher Kamalov
04/04/2022 18:11
ОЧЛ манимча Пахтакорт хамма уйинда ютказади