"Navbahor" Rustam Ashurmatovni qo‘lga kiritish evaziga boshqa futbolchisi bilan xayrlashdi
Turkiyadan qaytib kelgan “Navbahor” o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarni davom ettiryapti.
Ma’lumki, yaqinda namanganliklar o‘z safiga himoyachi Rustam Ashurmatovni qo‘shib oldi. Lekin bu futbolchining “Navbahor”ga o‘tishi jamoadagi boshqa futbolchining ketishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, himoyachi Xurshid Muxtorov klub bilan xayrlashdi.

Yodingizda bo‘lsa, u o‘tgan yili “Lokomotiv”da o‘ynagandi va bu yil “Navbahor”ga qaytib kelgan holda shartnomaga imzo chekkandi. Biroq yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Ashurmatov kelganidan so‘ng, Xurshid Muxtorov bilan ikki tomonlama kelishgan holda shartnoma bekor qilindi. Ma’lumotlarga qaraganda, Muxtorov yangi mavsumni yana “Lokomotiv”da boshlashi kutilmoqda.

Fikrlar