"Navbahor" serbiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

  • 13.01.2026 20:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

.Timur Kapadze boshqaruvidagi namaganliklar yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

"Navbahor" klubi bu safar tajribali vinger Vanya Ilich bilan shartnoma imzoladi. Bu xususida klub matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Vanya Ilich – 1999 yil, 3 yanvarda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tug‘ilgan. 

Faoliyati davomida Serbiyaning “Rad” (Belgrad, 2018-2020 yillar), “OFK Jarkovo” (Belgrad, 2021-2022 yillar), “Radnichki” (Nish, 2021-2022,2023-2025 yillar),“Kolubara” (Lazarevas, 2022-2023 yillar) jamoalarida o‘ynagan. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!