
"Navbahor" Turkiyadagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi
O‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Antalya shahrida olib borayotgan "Navbahor" so‘nggi nazorat bahsini bugun Rossiyaning “Baltika” klubiga qarshi o‘tkazdi.
O‘yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Mazkur o‘yinda “Navbahor” tarkibida quyidagi futbolchilar maydonga tushdi: O‘tkir Yusupov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Milosh Milovich, Luka Chermel, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboev, Yovan Jokich, Abrorbek Ismoilov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ibrohim Yo‘ldoshev, Jasur Yaxshiboev, Shohruz Norxonov.
“Lochinlar”ning Turkiyadagi yig‘ini bugun o‘z yakuniga etdi. Namanganliklar ertaga yurtimizga qaytib keladi.
“Navbahor” matbuot xizmati
Fikrlar