"Navbahor" yig‘inidagi 9 legionerdan 6 tasiga javob berildi. Ular kimlar?

  • 13.01.2020 22:28
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Xabar berganimizdek, 12 yanvar kuni “Navbahor” a’zolari Pro-liga vakili Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi. Mazkur o‘yinda namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis asosan ko‘rikdan o‘tayotgan legionerlar va ayrim mahalliy futbolchilarni maydonga tushirib, ularni sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, murabbiy bir qator xorijlik hamda mahalliy o‘yinchilarga javob berishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rikda bo‘lgan legionerlardan kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikkardo, rossiyalik Aleksey Kurilov, Stanislav Efimov va Bunyamudin Mustafoev, niderlandiyalik Nelson Gregori Jarreld Martlales hamda ukrainalik Dmitriy Skoblov, shuningdek, ayrim mahalliy futbolchilarga javob berildi.

Shu tariqa, “lochinlar” ixtiyorida ko‘rikdan o‘tayotgan 3 nafar xorijlik o‘yinchi – xorvatiyalik Vilim Posinkovich, rossiyalik Artyom Sherbak va ozarbayjonlik Fuat Bayramov qolishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
13/01/2020 22:59
Олааа келдию кетди бир ойдан бери келади келади деб уч кунда кетишди 8 нафари