Asosiy mazmunga oʻtish

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Messini maqtayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Messiga hamma tan beryapti

“Navbahor” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Lionel Messining eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylanganiga munosabat bildirdi.

- Balli, Messi barcha rekordlarni uryapti. Menimcha, uning natijalari uzoq yillar davomida hech kim yangilay olmaydi. Shu yoshda o‘zini tonusda ushlab turgani maqtovga loyiq.

Messining AQShga ketgani haqida nima deyish mumkin? U ozgina xilma-xillikni xohlagan ko‘rinadi. Evropada hamma sovrinlarni yutib bo‘ldi. 44-sovrinini olganidan keyin Messini barcha davrlarning buyuk futbolchisi, deb atash mumkin.

Bu borada u futbolda nimlar qilganiga xursand bo‘lish kerak. Men keyingi 200 yilda Messi erishgan natijalar qaytarilmasligiga aminman.

Mening tushunchamda ikki buyuk futbolchi – bular Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Lekin argentinalik o‘yinchi ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqorida. U haqiqatan, dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishga loyiq, - dedi Andrey Kanchelskis.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q