“Navbahor”dan ajoyib yangilik

  • 27 yanvar, 2022, 21:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan o‘tkaziladigan Musobaqalar Reglamentining 8.13.-bandida Superliga klublari O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda futbolchilarning funktsional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu boradagi hisobotni O‘FA texnik boshqarmasining ilmiy-uslubiy guruhiga taqdim etishi shartligi belgilangan.

Tecno

Shu munosabat bilan “Navbahor” PFK 2022 yilgi mavsum oldidan sport natijalari tahlili bilan shug‘ullanuvchi Catapult kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi. 137 mamlakatga sportchilarning funktsional holatini masofadan turib kuzatish texnologiyalarini etkazib beradigan ushbu kompaniya mahsulotlaridan endilikda “Navbahor” jamoasida ham samarali foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mashg‘ulotlar va futbol uchrashuvlari davomida har bir futbolchining egnidagi nimchalarga Catapult taqdim etgan qurilma o‘rnatilib, uning yordamida murabbiylar shogirdlarining funktsional holati, chidamlilik darajasi, kuch sarfi, bosib o‘tayotgan masofasi hamda boshqa muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib borishadi.

photo_2022-01-27_13-18-27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!