
"Navbahor"ga yana bir murabbiy keldi (Foto)
"Navbahor"ni yangi mavsumga tayyorlagan No‘’mon Hasanov Superliga 1-turidagi mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Viktor Jalilov boshchilikni qo‘lga oldi.
Viktor Jalilov "Navbahor" U-21jamoasining bugun bo‘lib o‘tgan o‘yinini bevosita stadiondan kuzatdi. U klub rahbari Otabek Samatov va murabbiy Grigoriy Kolosovskiy bilan birgalikda uchrashuvni ko‘rib bordi. Aftidan Grigoriy Kolosovskiy "lochinlar"da Viktor Jalilovga yordam berishi kutilmoqda. Hozircha, bu haqda klub matbuot xizmati ma’lumot bermadi.
Foto: Klub muxlislar telegram kanali
Fikrlar