
"Navbahor"ning birinchi davradagi statistikasi qanday?
Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda davralar oralig‘idagi tanaffus payti yuzaga keldi.
“Navbahor”ning birinchi davraga oid statistik raqamlari bilan tanishishingiz mumkin.
Soca Cola Superligasining ortda qolgan 13 ta uchrashuvida "lochinlar" 9 ta g‘alaba, 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyatni qayd etdi.
"Navbahor" raqiblar darvozasiga 23 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 6 ta to‘p o‘tkazib yubordi va bu Superligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
“Lochinlar”dan tashqari, OKMK jamoasi futbolchilari ham raqiblar darvozasiga 23 ta gol urishgan, ammo o‘z darvozalaridan 17 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.
Ta’kidlash joizki, “Navbahor” birinchi davra bahslarida o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkazib yuborgan va eng yaxshi himoyaga ega jamoa bo‘ldi.
O‘z o‘rnida Samvel Babayan shogirdlarining o‘tkazilgan 13 ta o‘yindan 9 tasida o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishmaganini ham aytish lozim.
Albatta, bunday ijobiy natijani qayd etishda “Navbahor”ning tajribali darvozaboni hamda sardori O‘tkir Yusupov bilan birga himoyachilarning ham munosib hissalari bor.
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, namanganliklar birinchi davrada o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan barcha 7 ta bellashuvda ham g‘alaba qozonib, Namanganda yuz foizlik natijani qayd etdi.
Shuningdek, “lochinlar” 13 ta o‘yindan 4 tasida yirik hisobda g‘alaba qozonishgani, ulardan 3 tasida esa darvozalari daxlsizligini saqlab qolishganini ham aytish lozim.
Babayan jamoasi 13 ta bahsda raqiblar darvozasiga 23 ta gol urishdi. Bu esa har bir o‘yinga 1,8 tadan gol to‘g‘ri keladi, degani.
“Navbahor” birinchi davra bahslarida jami 29 ochko to‘plagan holda (74, 4 foizlik natija), davralar oralig‘idagi tanaffusga peshqadam sifatida chiqib ketdi.
“Navbahor”ning 1-davradagi Coca Cola Cuperligadagi o‘yinlari natijalari
Coca Cola Superligasi. 1-tur. 4 mart (shanba)
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0 (1:0)
Gollar: Jamshid Boltaboev (19), Igor Golban (73), Shohruz Norxonov (75).
Coca Cola Superligasi. 2-tur. 11 mart (shanba)
“Navbahor” – “Metallurg” – 3:0 (2:0)
Gollar: Jamshid Boltaboev (38), Jasurbek Yaxshiboev (42), Jamshid Iskanderov (90+2).
Coca Cola Superligasi. 3-tur. 17 mart (juma)
“Paxtakor” - “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: Farrux Sayfiev (2), Dragan Cheran (68) - Temurxo‘ja Abduxoliqov (23-pen.).
Coca Cola Superligasi. 4-tur.1 aprel (shanba)
“Navbahor” - “So‘g‘diyona” – 3:0 (2:0)
Gollar: Milosh Milovich (13), Oston O‘runov (25), Shahboz Jo‘rabekov (51).
Soca Cola Superligasi. 5-tur. 9 aprel (yakshanba)
OKMK – “Navbahor” – 2:1 (0:0)
Gollar: Shahboz Jo‘rabekov (64-avt.), Ruben Sanches (75) – Jamshid Iskanderov (57-pen.).
Soca Cola Superligasi. 6-tur. 14 aprel (shanba)
“Navbahor” – “Andijon” - 1:0 (0:0)
Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (65).
Coca Cola Superligasi. 7-tur. 23 aprel (yakshanba)
“Turon” – “Navbahor” - 0:2 (0:0)
Gollar: Yovan Jokich (47), Oston O‘runov (63).
Coca Cola Superligasi. 8-tur.1 iyul (shanba)
“Navbahor” – “Buxoro” - 1:0 (0:0)
Gol: Milosh Milovich (81).
Coca Cola Superligasi. 9-tur. 7 may (yakshanba)
“Nasaf” – “Navbahor” – 0:0
Coca Cola Superligasi. 10-tur. 14 may (yakshanba)
“Navbahor – “Surxon” - 1:0 (1:0)
Gol: Jasur Yaxshiboev (42-pen.).
Coca Cola Superligasi. 12-tur. 28 may (yakshanba)
“Navbahor” – “Olimpik” - 2:1 (1:0)
Gollar: Jamshid Iskanderov (43), Oston O‘runov (50) - Ruslanbek Jiyanov (90+3).
Coca Cola Superligasi. 13-tur.25 iyun (yakshanba)
“Neftchi” – “Navbahor” - 0:0.
Fikrlar