
Navbatdagi muhim bahs oldidan "Real" qiyin ahvolda qoldi (qaydnoma)
Ispaniya La Ligasi so‘nggi turlari qizigandan qizib bormoqda. 36-turdan o‘rin olgan uchrashuvni amaldagi chempion "Real" mehmonda, "Granada"ga qarshi o‘tkazadi.
Mazkur o‘yin uchun "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan qaydnomani ma’lum qildi. Undan 20 nafar futbolchi o‘rin egalladi. Ushbu ro‘yxatdan jarohati sabab Serxio Ramos, Rafael Varan, Dani Karvaxal, Lukas Vaskes, Marselo hamda Ferlan Mendi tushib qoldi. Qizig‘i, bosh murabbiy mazkur o‘yinda atigi 4 nafar nominal himoyachi xizmatidan foydalanishi mumkin.
Ular o‘rniga "Kastilya"dan Migel, Marvin va Blanko asosiy jamoaga jalb etildi. Eslatib o‘tamiz, "Granada" - "Real" bellashuvi Toshkent vaqti bilan 14 may kuni 01:00 da start oladi.
36-tur oldidan "qirollik klubi" 74 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. 10-pog‘onadagi "Granada" hisobida esa, 45 ochko mavjud.
Fikrlar