Navbatdagi raqibimiz bo‘lgan Venesuela termasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida Saudiya Arabistoni va Venesuela terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Venesuela safida Martines va Rondon gollarga mualliflik qildi. Saudiyaliklarning yagona golini al-Dovsari kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Venesuela jamoasi O‘zbekistonga qarshi maydonga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!