“Neftchi” — “Qizilqum” uchrashuvini ko‘rish uchun stadion va shahar markazida yirik monitorlar o‘rnatiladi
Superliganing 29-turi doirasida "Neftchi" o‘z uyida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.
Ushbu bellashuvda oxirgi tur natijalaridan qat’iy nazar mamlakat chempioni aniqlanishi kutilmoqda. Shu bois o‘yinga bo‘lgan qiziqish har qachongidan yuqori.
Muxlislarimizning katta talabini inobatga olgan holda, viloyat hokimligi va klub rahbariyati tashabbusi bilan "Istiqlol" stadioni (Avtoturargoh) hududida ikkita, shahar markazida va Eco shahar amfiteatrida bittadan yirik monitor o‘rnatiladi.
Ushbu monitorlar orqali ko‘p sonli futbol ishqibozlarimiz uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.



Fikrlar