"Neftchi" - "Mash'al" o'yiniga chiptalar sotuvi boshlandi

  • 26.02.2026 11:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Neftchi" Superliganing 1-turida o‘z uyida "Mash’al" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bellashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarildi. Bu haqida "yo‘lbarslar" klubi matbuoti xabar berdi.

"28 fevral kuni sevimli jamoamiz O‘zbekiston Superligasining 1-tur uchrashuvini Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" markaziy stadionida Muborakning “Mash’al” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan ushbu bellashuvga chiptalar sotuvi boshlandi! Ushbu uchrashuv yangi mavsumning birinchi o‘yini bo‘lgani sababli muxlislar e’tibori nihoyatda yuqori.

Uchrashuvga chiptalar narxlari quyidagicha belgilangan:

Sektorlar : 40 000 so‘m va  70 000 so‘m

SIP va VIP sektorlar: 100 000 so‘m", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!