"Neftchi" - "Qizilqum": kimda qanday ustunlik bor?

  • 28.08.2022 22:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Soca-Cola Superligasi 17-tur uchrashuvlari doirasida “Neftchi” jamoasi Navoiyning «Qizilqum» klubini qabul qiladi.

Jamoalarning milliy chempionatimiz bahslarida o‘zaro to‘qnashuvlar statistikasiga nazar tashlasak, bu erda sezilarli darajadagi ustunlik farg‘onaliklar tomonida.

O‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlar soni 41 ta bo‘lib, undan 21 ta bahsda «Neftchi» g‘alaba qozongan, 8 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 12 ta uchrashuvda «Qizilqum»ning qo‘li baland kelgan.

To‘plar nisbati ham «Neftchi» foydasiga 63-39. Ushbu qarama-qarshilikda «Neftchi»ning «Qizilqum» ustidan qozonilgan eng yirik g‘alabasi 2000 yilda 5:0 ko‘rinishida qayd etilgan. Navoiyliklarning eng yirik g‘alabasi 2002 yilda 4:1 hisobida yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" - "Qizilqum" bahsi Yaypan shahridagi "O‘zbekiston" stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv soat 19:00 da start oladi.

Jamoalarning Superliga doirasida qayd etgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz:

20.04.2018. «Qizilqum» - «Neftchi» -1:0

24.07.2018. «Neftchi» - «Qizilqum» - 0:1

19.10.2018. «Neftchi» - «Qizilqum» - 3:1

23.11.2018. «Qizilqum» - «Neftchi» - 1:1

01.04.2022 «Qizilqum» - «Neftchi» - 3:0

"Neftchi" PFK matbuot hizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!