"Neftchi" YEChL ishtirokchisiga qarshi maydonga tushadi

  • 03.01.2026 16:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" jamoasi Turkiyaga jo‘nab ketdi. Antaliyadagi mavsumoldi yig‘ini doirasida Islom Ismoilov shogirdlari ilk nazorat uchrashuvini Ozarbayjonning amaldagi chempioni — "Qorabog‘" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00'da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, "Qorabog‘" klubi ayni paytda UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etib, Yevropa maydonlarida yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan ajralib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!