"Neftchi" futbolchisi legionerga aylandi. U Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladi

O‘tgan mavsumda "Neftchi" tarkibida mazmunli o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan yarim himoyachi Sirojiddin Qo‘ziev Malayziyaning "Kuching Siti" klubiga transfer qilindi.

Qo‘ziev yakunlangan mavsum davomida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylandi va 1 golga assistentlik qildi. Shu bilan birga, u ushbu mavsumda farg‘onaliklarning to‘purarlar ro‘yxatida Abrorbek Ismoilov singari bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

"Sirojiddin Qo‘zievning keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilagan holda, jamoamiz sharafini himoya qilishda qo‘shgan munosib hissasi uchun tashakkur aytib qolamiz!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neftchi
16/12/2022 19:21
Omadingmi bersin Sirojiddin