"Neftchi" iqtidorli darvozabon bilan shartnoma imzoladi
Fargʻonaning "Neftchi" klubi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining asosiy tarkib darvozabonlaridan biri boʻlmiş Ibrohim Shokirov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klubning matbuot xizmati maʼlum qildi.
Osmirlar oʻrtasida oʻtgan Jahon chempionatida porlagan va oʻzini ijobiy tarzda namoyish eta olgan Shokirov yangi mavsumni Vodiyning Fargʻona klubida boshlaydi.
Maʼlumot oʻrnida, bir necha daqiqa oldin "yoʻlbarslar" Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi sardori hisoblangan Moʻminxon Bahodirxonov transferini ham eʼlon qilgan edi.
Fikrlar