"Neftchi" lageridan daraklar

  • 25.01.2022 09:55
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" klubi Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda. Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiyligidagi jamoa a’zolari kuniga ikki mahaldan shug‘ullanmoqda.

Tecno

Kecha jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini optimal darajaga etkazish maqsadida ertalabki mashg‘ulotlarini fitnes-klubdagi trenajyor zalida olib borishdi va u erda olingan jismoniy yuklamalardan so‘ng mashg‘ulotlar O‘rtaer dengizi sohiliga ko‘chirildi. Mayin qumlikda olib borilgan shug‘ullanish jarayoni engil yugurish bilan yakunlandi. Kundan o‘rin olgan mashg‘ulotlarning ikkinchi qismi kechqurunga mo‘ljallangan bo‘lib, futbol maydonida o‘tkazildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бахтийор Бобойиб
25/01/2022 10:08
Яхши шугулланяпти сохил буйида. Муминжонов алохида шугулланяптими