"Neftchi" murabbiyi: "Raqib o‘ylaganimizdan ancha tartibli o‘yin ko‘rsatdi
Superliganing 18-turi doirasidagi "Bunyodkor" – "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vladimir Ejurov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugungi g‘alaba ortida katta mehnat yotibdi, xamma xis qilib turgan edi vaziyatimiz og‘ir, lekin futbolchilar bugun berilgan topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishdi. Mashg‘ulotlarda berilgan ko‘rsatmalar o‘z samarasini berdi, biroq hatolar xam bor ularni bartaraf etishga xarakat qilamiz. Umuman olganda jamoamiz bugun g‘alaba qozondi. Buni barchamiz hoxladik. Jamoamiz muxlislarini tabriklayman.
"Bunyodkor jamoasi o‘ylaganimizdan ancha tartibli o‘yin ko‘rsatdi, lekin yakunda baribir g‘alaba qozona oldik. Keyingi o‘yinlarda "qaldirg‘ochlar" ga omad tilayman.

Fikrlar