"Neftchi" qo‘shni mamlakat klubi bilan durang o‘ynadi

  • 23 sentabr, 2022, 20:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda halqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Unda klub Qirg‘iz Respublikasining "Kaganda" jamoasi bilan kuch sinashdi. 

Tecno

Bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Farg‘onaliklar birinchi bo‘limning 12 daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Maydon markaziga yaqin joydan Doniyor Valievning chiroyli uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Shahzod Ubaydullaev xisobni ochishga erishdi - 1:0.

Keyinroq raqiblar burchak to‘pini amalga oshirgach, himoyachilar hatosidan unumli foydalangan Begzadbek Nasirov hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!