
"Neftchi" taslim etgan "Zarya" futbolchisi klinik o‘limga duchor bo‘ldi
Ukrainaning "Zarya" klubi himoyachisi Oleg Danchenko jamoasining Turkiyadagi yig‘inida klinik o‘limga duchor bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Obozrevatel» nashri.
Manbaning yozishicha, futbolchining yuragi uch marta to‘xtagan, biroq baxtli tasodif tufayli futbolchining hayoti saqlab qolingan. “Zarya”ning 13 fevral kungi mashg‘ulotlarida og‘ir yuklamalar bo‘lmagan, biroq 28 yoshli ukrainalik futbolchi birdan hushini yo‘qotib, erga yiqilgan. O‘yinchining yuragi defibrilator yordamida avstriyalik shifokorlar tomonidan qutqarib qolingan. Futbolchi endi jarroxlik amaliyotini boshdan kechirishi mumkin va shu sababli u hozirda kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, Oleg Danchenko faoliyati davomida "Anji", "Rubin", "Enisey" va "Ufa" kabi jamoalarda o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, “Zarya” kecha Antaliyadagi o‘rtoqlik o‘yinlari doirasida Farg‘onaning “Neftchi” klubiga qarshi maydonga tushdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar