"Neftchi" Zoran Marushichga "Navbahor"dan ko‘ra yaxshiroq taklif yuborgandi. Ammo serbiyalik hujumchi nega "lochinlar"ni tanladi? Unda boshqa variantlar ham ko‘p edi

  • 21 yanvar, 2022, 10:41
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Navbahor" klubi o‘z safiga legioner qo‘shib olganini e’lon qilgandi. Namanganliklar serbiyalik hujumchi Zoran Marushich jamoa bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Ushbu futbolchiga "Neftchi" ham "ko‘z tikkan"di. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, farg‘onaliklar hujumchiga "Navbahor"ga qaraganda ancha yaxshi taklif yuborgan. Ammo Zoran Marushich "lochinlar"ni tanladi.

photo_2022-01-19_18-31-27

Bunga sabab, unga birinchi bo‘lib "Navbahor" klubi vakillari aloqaga chiqqan va tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgandi. Shu bois, futbolchi katta maoshdan ko‘ra, bergan va’dasini bajardi. Qolaversa, jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi ham uning tanlovida muhim o‘rin tutgan.

Chunki "Navbahor" bu mavsum o‘z oldiga chempionlikni maqsad qilib qo‘ymoqda. Bu amalga oshirilayotgan transferlardan ham ma’lum. Pro ligadan chiqib kelgan "Neftchi" esa, bu borada chempionlikni maqsad qilmasligi aniq. Sababi, real fikrlaydigan bo‘lsak, tarkib hali bu maqsadga erishish uchun kamlik qiladi. Kamida bir mavsum. Balki keyingi yildan hammasi o‘zgarar.

Albatta, maqsadlar bo‘lgani yaxshi. Ammo hamma gap unga erishishda. Buni esa vaqti kelib bilib olamiz.

Shuningdek, Zoran Marushichga "Navbahor" va "Neftchi"dan tashqari Eronning "Traktorsozi" va Qozog‘istonning bir nechta klubi - «Shaxtyor», «Turan», «Atirau» hamda «Aktobe» tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lgan. Hatto ular futbolchining agenti bilan muzokara o‘tkazgan. Biroq u qaror qabul qilib bo‘lgandi.

Xursand qilgan jihati shuki, chempionatimizga nihoyat yaxshi saviyadagi legioner hujumchi kelayotganga o‘xshaydi. Shundan umidvormiz. Har holda, ko‘plab jamoalar bekorga bu futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamagandir.

201373_52460a861daac7636bcfd33c15d6f63d

Keling, endi bir nechta klublar o‘rtasida talash bo‘lgan futbolchi haqida ma’lumot bilan tanishamiz.

Marushich 1993 yilning 29 noyabrida Serbiyaning Klina shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Sloga” (2010-2013 yillar, 2015 yil), “Vojdovats” (2014 yil), “Borcha” (2017 yil), “Temnich” (2017/2018 yillar), “Sloboda” (2018 yil), Bosniya va Gertsegovinaning “Slaviya” (2016 yil), “Krupa” (2016 yil), Belarusning “Dnyapro” (2019 yil) hamda “Neman” (2020 yil) jamoalarida o‘ynagan.

5dc864d2c90603d87e62546e9a40be45

Zoran 2021 yilgi mavsumni Tbilisining “Dinamo” jamoasi tarkibida o‘tkazib, 41 ta o‘yinda 17 ta golga mualliflik, 9 ta golga assistentlik qilgan holda, Gruziya chempionati to‘purari bo‘ldi. Bundan tashqari, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Gruziya chempionatining eng yaxshi hujumchisi, eng yaxshi legioneri va eng yaxshi futbolchisi, deb topildi hamda chempionat ramziy terma jamoasidan ham o‘rin oldi.

Marushichning "transfermarkt" portalidagi transfer narxi 450 ming evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
21/01/2022 12:39
нефтчини кайтиши зур булади чемпионлика давогар
&
Аббосхон Ахмедов
21/01/2022 11:20
Молодец лавзи халол шунака март эркак болиш керак