
Nemis grandi "Manchester Siti" futbolchisini sotib oldi
"RB Leyptsig" o‘zining rasmiy sayti orqali “Manchester Siti”dan ijaraga olingan himoyachi Anxelinoning transferini to‘liq sotib olganini e’lon qildi.
Kicker nashrining xabar berishicha, jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 24 yoshli ispaniyalik futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Aynan shu sababli uning transferi “shaharliklar”dan to‘liq sotib olingan.
Endi “RB Leyptsig” Anxelinoning transferi uchun “Manchester Siti”ga 18 mln evro to‘laydi. U joriy mavsum Bundesligada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.
Fikrlar