Nepomnyashiy: "Bu jamoaga sharaf va ta'zim aytish kerak"
Kamerun terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy jurnalistlar bilan suhbatida Argentina terma jamoasining jahon chempionati — 2026 yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.
Nepomnyashiyning ta'kidlashicha, bugungi Argentina unga 1990 yildagi jamoani eslatadi. U o'sha paytdagi argentinaliklar juda qiynalgan holda finalgacha yetib borgani, hal qiluvchi bahsda esa nemislarga penalti seriyasida mag'lub bo'lganini esga oldi.
«Hozirgi Argentina terma jamoasi ham raqibni, ham o'zidagi qiyinchiliklarni engib bormoqda. Bunday jamoaga faqat hurmat va tahsin aytsa bo'ladi. Ular menga juda yoqadi», — dedi Nepomnyashiy.
Eslatib o'tamiz, Argentina chorak finalda qo'shimcha daqiqalarda Shveytsariyani 3:1 hisobida mag'lub etdi. Yarim finalda Lionel Skaloni shogirdlari Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar