Nevill: "Kerrik mavsum oxirida jamoani top-murabbiyga topshirishi kerak"

  • 26.01.2026 03:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Maykl Kerrik mavsum yakunida jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etishi lozim, deb hisoblaydi.

"Soʻnggi 12 yil davomida "Manchester Yunayted" koʻp bor his-tuygʻularga berilib qarorlar qabul qildi. Rostini aytsam, oxirgi ikki haftada koʻrgan oʻyinimdan juda xursandman. Jamoa qanday oʻynayotganiga qarab, xuddi yana klubimni haqiqiy uslubda oʻynayotgandek his qilayapman.

Ular aniq, jadal harakat qildi. Menimcha, Kerrik mavsum oxirigacha oʻz lavozimida qolib, keyin estafetani Tuxel yoki Anchelotti kabi jahon darajasidagi murabbiylardan biriga topshirishi toʻgʻri qaror boʻladi", — dedi Nevill.

Eslatib oʻtamiz, mavsum oxirigacha tayinlangan Kerrik MYu boshqaruvida Angliya Premyer ligasidagi ikki oʻyinning ikkalisida ham gʻalaba qozondi. Mançesterliklar avvalo "Manchester Siti"ni 2:0, keyin esa "Arsenal"ni 3:2 hisobida magʻlub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!