
Neymar Braziliya terma jamoasidan chiqarilganini munosabat bildirdi
“Santos” hujumchisi Neymar bir yarim yillik tanaffusdan keyin Braziliya terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga taklif etilgan va Kolumbiya hamda Argentina bilan bo‘ladigan rasmiy uchrashuvlarga tayyorgar ko‘rishi kerak edi.
Biroq terma jamoa murabbiylar shtabi tibbiyot xodimlari xulosasiga ko‘ra, 33 yoshli yulduzni tarkibdan chiqardi.
Neymarning o‘zi bu holatga quyidagicha izoh berdi.
- Bu masala bo‘yicha suhbatimiz uzoqqa cho‘zildi. Hamma men terma jamoaga qaytishni qanchalar kuchli xohlaganimni yaxshi biladi. Biroq biz tavakkal qilmaslikka va jarohatdan to‘liq qutilib, yanada yaxshiroq tayyorlanishga kelishib oldik.
Bu jarayonning bir qismi xolos. Meni qo‘llab-quvvatlab turgan hammaga minnatdorlik bildiraman, - dedi Neymar.
Neymar Braziliya terma jamoasidagi oxirgi uchrashuvini 2023 yilning 18 oktyabrida o‘tkazgan. Ana shu kuni Urugvay terma jamoasi bilan bo‘lgan bellashuvda hujumchi og‘ir jirohat olgan edi. O‘sha jarohat tufayli Neymar “Al-Hlol”da o‘ynay olmadi. Neymar hali hamon o‘sha jarohat ta’siridan aziyat chekib kelmoqda.
Fikrlar