Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytishi mumkin
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mart oyida bo‘lib o‘tadigan nazorat uchrashuvlari oldidan 34 yoshli hujumchi Neymarni kengaytirilgan tarkibga kiritdi. Bu haqida UOL nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda kengaytirilgan ro‘yxatdan 50 nafaridan ortiq futbolchi joy olgan. Yakuniy tarkibga kimlar kiritilishi hozircha aniq emas.
Shuningdek, Anchelotti Neymar harakat qiladigan "Santos" klubining yaqin o‘yinlaridan biriga shaxsan tashrif buyurib, u bilan suhbatlashishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, "pentakampionlar" mart oyida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.
Fikrlar