Neymar darrov ikkita xaridor chiqdi

  • 05.05.2023 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ braziliyalik yulduz Neymar bilan xayrlashmoqchi ekani haqidagi xabarga reaktsiyalar boshlandi.

Parij klubi 31 yoshli forvardni yozda keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga qaror qilganidan keyin Angliya Premer-ligasi vakillari harakat tushib qoli.

The Sun nashrining xabariga ko‘ra, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” Neymarga hamkorlik qilishga tayyor.

Manbaning ta’kidlashicha, Parij klubi muxlislarining noroziligi, matbuotning tanqidi, rahbariyatining bosimidan charchagan Neymar Angliya klublariga o‘tishga qarshi emas.

Joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda 16 ta gol va 17 ta assist qayd etgan hujumchining PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha imzolangan. Uning transfer narxi 70 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!