Neymar: "Endi futbol bilan shug‘ullanishga kuchim etadimi, yo‘qmi bilmayman"
Braziliya chorak finalda Xorvatiyaga mag‘lub bo‘lib, chempionatni tark etdi. "Pentakampeonlar" mundial favoriti hisoblangandi. Ammo Tite shogirdlari yana Jahon Chempionatini 1/8 finalda yakunlamoqda. Uchrashuvdan keyin jamoa etakchisi Neymar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bu mening oxirgi jahon chempionatim, deb o‘ylayman. Men buni so‘nggi o‘yinim deb bilaman. Sababi, endi futbol bilan shug‘ullanishga aqlim etadimi, yo‘qmi bilmayman", - dedi PSJ hujumchisi
Qatardagi mundial Neymar uchun faoliyatidagi 3-jahon chempionati bo‘ldi.
Fikrlar