Neymar Frantsiya chempionatida qizil kartochkalar bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda

  • 29 dekabr, 2022, 07:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 16-turi doirasidagi PSJ - "Strasburg" uchrashuvida maydon egalari so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi, 2:1.

Tecno

E’tiborlisi, parijliklar yulduzi Neymar 62-daqiqada simulyatsiya uchun ikkinchi bor sariq kartochkaga loyiq ko‘rilib, maydondan chetlatildi. 

Bu braziliyalik futbolchi uchun Liga 1 bellashuvlaridagi 5-qizil kartochka sifatida qayd etildi. Ajablanarli tomoni shundaki, Neymar Frantsiyaga ko‘chib o‘tgan 2017 yildan beri hali hech kim bu borada shunday natijani ko‘rsatmagan.

Keyingi turda Galte shogirdlari mehmonda 2-pog‘onada borayotgan "Lans"ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur qarama-qarshilikda Lionel Messi (ta’tilda) hamda Neymar (diskvalifikatsiya) jamoasiga yordam bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!