Neymar jamoadoshining mashinasi g‘ildiraklarini yorib tashladi (foto)

  • 31 may, 2024, 20:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” hujumchisi Neymar jamoadoshi Renan Lodining mashinasi g‘ildiraklarini pichoq bilan yorib tashladi.

Tecno

Actu Foot nashrining yozishicha, braziliyalik yulduz bu ishni chap qanot himoyachisidan o‘ch olish maqsadida qilgan.

Renan Lodi Neymarning krossovkasi bog‘ichlarini bir biriga bog‘lab qo‘ygandi. Bu hazil mashhur yulduzga yoqmagan.

Ayni paytda Neymar og‘ir jarohatidan tiklanishga harakat qilmoqda. 32 yoshli futbolchi o‘tgan yili yozda Braziliya terma jamoasi safida tizzasidan shikastlangan edi.

Neymar 2023 yilning yozida PSJdan “Al-Hilol”ga o‘tganidan beri barcha turnirlarda beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va uchta assist qayd etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!