Neymar kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 7 may, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar shu paytga qadar 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnomasining oxirgi kuniga qadar klubda qolishini ta’kidlab kelayotgan edi.

Tecno

So‘nggi paytda jamoa ichida va klub atrofida ro‘y berayotgan voqealar braziliyalik yulduzning rejalarini o‘zgartirib yubordi. Ma’lumki, parijlik fanatlar Neymarning uyi oldida norozilik namoyishi o‘tkazib, 31 yoshli futbolchidan jamoani tark etishni talab qilgan.

Neymar ayni paytda og‘ir jarohatini davolatish bilan band. U kelasi mavsumga qadar futboldan chetda bo‘ladi.

Braziliyalik yulduz endi jamoadan ketish variantlarini jiddiy tarzda ko‘rib chiqishga tayyor. PSJ uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga jo‘natishga rozilik bergan. Neymarga Angliyaning bir necha grand jamoalari ko‘z tikmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!