
Neymar: Pelegacha futbol oddiy sport turi edi"
PSJ futbolchisi Neymar vafot etgan Pele haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U instagram sahifasi orqali vatandoshi haqida post qoldirdi.
"Pelegacha 10 shunchaki raqam bo‘lgan. Men bu iborani qaerdadir eshitganman. Ammo menimcha, Pelegacha futbol shunchaki sport turi bo‘lgan. U hammasini o‘zgartirdi. Pele futbolni san’atga, o‘yin-kulguga aylantirdi. Braziliya va futbolni dunyoga tanitdi," - dedi 30 yoshli futbolchi.
Avvalroq, Neymar terma jamoadagi 77-golini kiritib, bu borada Pelega etib olgandi.
Fikrlar