Neymar qaerda o‘ynashini hal qildi
PSJ hujumchisi Neymarning klubdan ketishi keyingi paytda juda ko‘p muhokama qilinmoqda. Aksariyat mutaxassislar Parij jamoasi tarkibida braziliyalik yulduz bo‘lgan paytda ancha yaxshi o‘yin namoyish qilishini ta’kidlamoqda.
Klub rahbariyati ham har mavsum uchun 50 million evro maosh olayotgan hujumchidan bir necha marotaba qutilishga harakat qilib ko‘rgan. Shunga qaramay, Neymar Parijdan ketishga shoshilmayapti.
Lequipe nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik o‘yinchini Frantsiya poytaxtidagi hamma narsa qoniqtiradi. U shartnomasining so‘nggi kuni – 2025 yilning 30 iyunigacha PSJ safida qolmoqchi.
Neymar ayni paytda jarohatini davolatmoqda. Bu mavsum 31 yoshli futbolchi uchun erta yakunlandi. Ungacha, Neymar barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushib, 18 ta gol va 16 ta assist qayd etib ulgurgan edi.
Fikrlar