Neymar va Mbappe o‘rniga darvozabon penalti tepadi

  • 28 avgust, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda PSJ hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasida ziddiyat yuz bergandi. Bu mojaro sabablaridan biri Kilian Mbappening shtatli penaltichi etib tayinlangani va u o‘yinda 11-metrlik zarbadan foydala olmagani ko‘rsatildi.

Parijliklar darvozasini qo‘riqlab kelayotgan italiyalik posbon Janluiji Donnarumma penaltini Neymar va Mbappe o‘rniga o‘zi tepishi mumkinligini aytmoqda.

- Yigitlar bilan gaplashib, penaltini o‘zim tepishimni aytdim. Ba’zan katta klublarda shunaqa kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Buni xavfli tomoni yo‘q.

“Lill”ga qarshi bahsda bir jamoa ekanimizni namoyish qila oldik. Hamma o‘yinchi bir biriga yordam berdi.

Neymar va Mbappe o‘rtasidagi munosabat o‘nglandi. Hammamiz bir bo‘lib, bir maqsad sari intilamiz, - dedi Janluiji Donnarumma.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!