Neymar yil oxirigacha faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma'lum qildi

  • 20.02.2026 19:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Santos" hujumchisi Neymar kelayotgan dekabr oyida professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini istisno qilmadi.

"Bundan keyin nima bo‘lishini bilmayman, balki dekabr oyida faoliyatimni yakunlarman, yuragim nima deyishini ko‘ramiz", - dedi Neymar Cazé TV telekanaliga bergan intervyusida.

34 yoshli hujumchi "Santos" safida 2025 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Neymar "Santos" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. San-Paulu klubidagi faoliyati davomida Neymar barcha musobaqalarda 254 ta o‘yin o‘tkazib, 147 ta gol va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 10 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!