Neymarni APLda ko‘rishimiz mumkin
PSJ hujumchisi Neymar yozgi transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "Goal" nashrining "Foot Mercato" nashriga tayanib xabar berishicha, 31 yoshli braziliyalikning afzal ko‘rgan varianti - "Manchester Yunayted".
Manbaning yozishicha, Neymarning "Old Trafford"ga o‘tish ehtimoli Shayx Jasim "Manchester Yunayted" xo‘jayini bo‘lib qolishiga bog‘liq. Qayd etilishicha, braziliyalik yulduz futbolchining Qatarda hamkorlik aloqalari mavjud.
Neymar tarixdagi eng qimmat futbolchi bo‘lib qolmoqda - uning transferi uchun PSJ aql bovar qilmaydigan 222 million evro to‘lagan.
2022/2023 yilgi mavsumda Neymar 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar