“Neymarni emas, Grizmanni tanlashdi”
“Barselona”ning sobiq direktori Erik Abidal 2019 yili klubga Neymarni qaytarishga yaqin bo‘lganini, hatto transfer masalasida Parijga borib, PSJ sport direktori Leonardo bilan kelishib kelganini ta’kidladi.
Ungacha, kataloniyaliklar PSJga 222 million evroga transfer qilingan braziliyalik futbolchini bir necha marotaba “Barsa”ga qaytarishga harakat qilgan edi.
- Klub prezidenti o‘shanda Neymarning o‘rniga Antuan Grizmanni olishga qaror qildi. Neymarning kelishiga qarshilik tug‘dirgan omillardan biri futbolchi “Barselona”ni sudga bergani bo‘ldi. Transfer amalga oshishi uchun Neymar sud jarayonini to‘xtatishi kerak edi. Bu muammoning menga dahli yo‘q edi. Chunki kelishmovchilik men klubda bo‘lmagan paytda yuz bergan, - dedi Erik Abidal.
Mutaxassislar Neymar “Barselona”da Lionel Messining soyasida qolib ketayotgani va boshqa klubda o‘yini yanada ochilib, ketishini ta’kidlagandi. Biroq, amalda unday bo‘lmadi. PSJ hamon o‘zi orzu qilgan Evropa Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kirita olgani yo‘q.

Fikrlar