Neymarning muhim qarori

  • 21.10.2020 13:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJning ikki etakchisidan biri – Kilian Mbappe klub tomonidan taqdim etilgan yangi shartnomani qabul qilmadi va mavsum yakunlanishi bilan Parijni tark etishi kutilmoqda.

Yana bir etakchi Neymar esa Parijda qolish borasida muhim qarorga keldi. Biroq, braziliyalik futbolchi o‘zining tanlovi parijliklar rahbariyati tomonidan bee’tibor qoldirilganidan norozi bo‘lmoqda.

28 yoshli futbolchi yangi shartnoma kutayotgan bir paytda PSJ xo‘jayinlari uni muzokaraga chorlagani yo‘q. Neymarning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan.

PSJga 2017 yilda “Barselona”dan kelgan Neymarning transferi uchun frantsiyaliklar 222 million evro to‘lagan. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Neymar Frantsiya grandi safida uch karra mamlakat chempioni, ikki karra kubok sohibi, bir marotabadan Liga Kubogi va Superkubok egasiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!