
Neymarning otasi o‘g‘li qaysi jamoada o‘ynashini aytdi
Braziliya futbolining yorqin yulduzi Neymarning otasi Neymar da Silva o‘g‘lining kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lumki, Neymar sport formasini yuqori darajaga ko‘tarish uchun Evropaga qaytmoqchi bo‘layotgan edi.
- O‘g‘lim katta ehtimol bilan “Santos”da qoladi. Men bu masala bo‘yicha ish olib boryapman. Lekin bu holat menga boshqa klublar taklifini qabul qilish va o‘rganib chiqishimga halaqit qilmaydi. Men bozorda unga talab borligini bilaman.
Tez orada Mayamiga boramiz va u erda turli klublar bilan muzokara o‘tkamiz. Biz takliflarni eshitib ko‘rib, keyin yakuniy qarorga kelamiz.
Da’vogarlar orasida ikkita Evropa klubi ham bor. Bittasi Chempionlar ligasi ishtirokchisi. Ular Neymar zo‘r mavsum o‘tkazishga tayyorligini yaxshi biladi. Biz uchun Braziliya bozori ham qiziq, - dedi Neymar da Silva.
33 yoshli Neymar joriy mavsumda “Santos” safda jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va yana shuncha assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar