Neymarning "qora kunlari" boshlandi
Frantsiya chempionatining PSJ va “Marsel” uchrashuvida Neymar va Alvaro Gonsales o‘rtasidagi mojaro har ikki futbolchi uchun qimmatga tushadigan bo‘ldi.
Ma’lumki, kelishmovchilik yuz bergan vaqtda Alvaro Gonsales braziliyalik hujumchini “maymun” deb haqoratlagan. Labdan o‘qish bo‘yicha mutaxassislar ham ispaniyalik futbolchi irqchilikka yo‘l qo‘yganini aniqladi.
O‘z navbatida, “Marsel” klubi mutasaddilari Neymar ham jamoaning yaponiyalik himoyachisi Xiroki Sakaini “xitoylik najas” deb tahqirlagani bo‘yicha faktlarga ega ekanini ma’lum qildi.
Agar Frantsiya ligasi tashkilotchilari Neymar va Gonsalesni irqchilikda ayblaydigan bo‘lsa, ikki futbolchi ham bu yil boshqa maydonga tusholmaydi. Bu turdagi qoidabuzarlik 8-10 ta uchrashuvgacha diskvalifikatsiya bilan jazolanadi.
Fikrlar