Neymarning transferi Mbappeniki oldida hech nima bo‘lmay qoladi. Agar...

  • 12.05.2023 16:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa matbuotida PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "Real" Madridga o‘tishi haqidagi mish-mishlar to‘xtamayapti. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, ispan grandi yozgi transfer oynasida 24 yoshli frantsiyalik futbolchini sotib olishga harakat qilishi mumkin.

Parij klubi rahbariyati hujumchi uchun taxminan 240 million evro taklif qilsa, undan xayrlashishga tayyor. "Transfermarkt" Kilianni 180 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Mbappe Liga 1da joriy mavsumda 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularda 24 ta gol urib, 4 bora sheriklariga samarali uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!