
Neyt Diaz qaysi bokschilarga qoyil qolgan!
Mashhur amerikalik MMA jangchisi Neyt Diaz kimlardan ilhomlangani haqida aytib berdi.
"Hayotimdagi eng muhim inson bu menga jang qilishni o‘rgatgan va ilhom bergan akamdir. U meni shu ergacha kelishimga va hozirgi "Neyt Diaz"ga aylanishimga yordamlashdi. Shuningdek, menga Mayk Tayson, kichik Roy Jons, Oskar De La Xoya va Fernando Vargas kabi afsonalar ham ilhom ulashgan", – dedi Diaz.
Ma’lumot uchun, Diaz ertaga tongda eski tanishi Xorxe Masvidal bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qiladi.
Fikrlar