Ngannu nima uchun Joshuaga yutqazganini tushuntirdi

  • 15.03.2024 17:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn(120,2 kg) toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu Entoni Joshua bilan jangdagi mag‘lubiyatiga izoh berdi.

"Jang biz rejalashtirgandek bo‘lmadi. Barchasi juda g‘alati edi. Nimadirlar sabab men jang rejamni amalga oshira olmadim. Bunday vaziyatda faqat o‘zimnigina ayblashim mumkin ", – dedi Ngannu.
Eslatib o‘tamiz, ular o‘rtasidagi jang 8 mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi va unda Joshua 2 -raundda Ngannuni chuqur nokautga uchratgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!